Jens Stoltenberg, Dumadagi kimyoviy qurol hujumini nafrat bilan qoraladi

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg, "Sharqiy Gutaning Duma hududida sodir etilgan kimyoviy hujumni nafrat bilan qoralaymiz" dedi.

950499
Jens Stoltenberg, Dumadagi kimyoviy qurol hujumini nafrat bilan qoraladi

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg, "Sharqiy Gutaning Duma hududida sodir etilgan kimyoviy hujumni nafrat bilan qoralaymiz" dedi.

Slovakiya Bosh vaziri Peter Pellegri bilan matbuot anjumani o'tkazgan Stoltenberg, "Bundan mas'ul bo'lganlar javob berishi kerak" dedi. Dumadagi hujumni Asad rejimi va uni qo'llab-quvvatlagan Eron va Rossiya gavjum bo'lgan hududda uyushtirilgani va rejimning bundan avval ham kimyoviy qurol ishlatganini izohladi.

Stoltengerg, "Suriya rejimi va uni dastaklagan Rossiya va Erondan hududda xalqaro tekshiruv va salomatlik xodimlari uchun to'liq va to'siqsiz borishini ta'minlashga chaqiramiz" deb so'zladi.

Bosh kotib, NATO ittifoqdoshlarining hujumga qanday javob berish mavzusini muhokama qilganini bildirdi.

Asad rejimi, sharqiy Gutada muxolifalar nazoratidagi so'ngi nuqta Duma tumanida 7-Aprel kuni uyushtirgan kimyoviy hujumi natijasida 78 nafar begunoh inson hayotini yuqotgan edi.

Suriya Inson Halqari Tarmog'i , 4-Aprel kuni chop etgan hisobotida, Asad rejimining, Suriyada ichki nizoh boshlagandan beri 214, Han Shayhun qatliomidan keyin ham 11 marta kimyoviy qurol bilan hujum qilganini bildirgan edi.



Aloqador xabarlar