Rossiyaning Xabarovsk shahrida vertolyot halokati ro’y berdi

Xabarga ko’ra, Mi-8 vertolyoti harbiy mashg’ulotdan so’ng, aeroport yaqinidagi ko’chaga qattiq qo’nishi oqibatida halokatga uchragan. Voqeda 6 kishi halok bo’lgan.

948618
Rossiyaning Xabarovsk shahrida vertolyot halokati ro’y berdi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida vertolyot halokati ro’y berdi.

Bu haqda TASS axborot agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Mi-8 vertolyoti harbiy mashg’ulotdan so’ng, aeroport yaqinidagi ko’chaga qattiq qo’nishi oqibatida halokatga uchragan.

Voqeda 6 kishi halok bo’lgan.

Birdaniga alanga olgan vertolyot bortidagi 6 kishining barchasi jon bergan.

Qayd etilishicha, vertolyotning qulashi oqibatida bino va inshootlarga ziyon yetmagan.

Tinch aholi orasida qurbonlar va yaradorlarning yo’qligi aytilmoqda.

Vertolyotning xususiy firmaga oid ekanligi aniqlandi.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar va favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqa bo'yicha boshqarmasi tezkor guruhi ish olib bormoqda.

Vertolyotning qulashi yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Xabarovsk , #vertolyot halokati

Aloqador xabarlar