AQSh Prezidenti Donald Trump, Xitoyni rivojlanayotgan davlat deb baholanishiga norozichilik bildirdi

Amerika qo'shma shtatlari Prezidenti Donald Trump, Dunyo Tijorat Tashkilotining Xitoyni rivojlanayotgan davlat deb baholashini tanqid qildi.

946279
AQSh Prezidenti Donald Trump, Xitoyni rivojlanayotgan davlat deb baholanishiga norozichilik bildirdi

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trump, Dunyo Tijorat Tashkilotining (DTT) Xitoyni rivojlanayotgan davlat deb baholashini tanqid qildi.

Trump, shaxsiy twiter hisobi orqali bergan bayonotida, DTTning AQShga qarshi adolatli bo'lmaganini ilgari surib, "Xitoy ulkan bir iqtisodiy kuch lekin DTT qoshida rivojlanayotgan bir davlat sifatida qabul qilinmoqda. Shuning uchun, AQShga qarshi favqulodda imtiyozlarga ega. Hech kim buning adolatsiz bo'lganini o'ylamaydimi? ijobiy vakillik qilinmayapti. DTT, AQShga qarshi adolatli emas" deb mudofaa etdi.

Pekin boshqaruvi, payshanba kuni AQShning Xitoy tovarlariga bojxona so'lig'i kirishgani tufayli DTTga murojaat etgan edi.

AQSh esa ushbu murojaatdan keyin Xitoyga ahamiyatiga ko'ra qo'shimcha soliqlar kiritish uchun tashabbus boshlatdi. Bunga ko'ra Trump, AQSh Tijorat Vakiligidan (USTR) Xitoyga 100 milliard dollarlik qo'shimcha bojxona solig'i qo'yishni talab qildi.

Xitoy Tijorat vazirligi esa Trumpning bu harakatiga javoban o'z manfaatlarini qo'riqlash uchun "nima bo'lishidan qat'iy nazar" kurashdan voz kechmasligini bildirdi.

Iqtsodiyotchilar, tomonlarnig til topish o'rniga har ikki tarafdan bojxona tariflarini o'zgartirishini ham ikki o'lka ham dunyo iqtisodiyotiga katta zarrar keltirishi haqida ogohlantirdi.



Aloqador xabarlar