Vladimir Putin:"AQSh Rossiyani o'z dushmani deb biladi”

Rossiya hech qachon boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaganligini ilgari surgan Putin: “AQSh Rossiyadagi saylovlarga har doim aralashib kelgan va buni yashirib ham o’tirmaydi”,-dedi.

927137
Vladimir Putin:"AQSh Rossiyani o'z dushmani deb biladi”

Rossiya-AQSh munosabatlari yaxshilanish arafasida…

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash tarafdori ekanligini tilga oldi.

Putin ikki davlat o’rtasidagi keskinlikni kamaytirish va munosabatlarni takror yaxshilash kerakligini ma’lum qildi.

“AQShga dushman degan tamg’a qo’ymadik, lekin ular Rossiyani o'z dushmani deb biladi”,-dedi Putin.

Rossiya hech qachon boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaganligini ilgari surgan Putin: “AQSh Rossiyadagi saylovlarga har doim aralashib kelgan va buni yashirib ham o’tirmaydi”,-dedi.

Putin Donald Trampning aloqalarni yaxshilash tarafdori ekanligini, biroq unga ba’zi kuchlar to’sqinlik qilayotganligini aytdi.



Aloqador xabarlar