Mahmud Abbos Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Johnson bilan muloqot qildi

Ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida Mahmud Abbos va Boris Johnson mintaqadagi siyosiy o’zgarishlarni muhokama qildi.

904480
Mahmud Abbos Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Johnson bilan muloqot qildi

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Johnson bilan telefonda muloqot qildi.

Bu haqda Falastindagi WAFA rasmiy xabar agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida Mahmud Abbos va Boris Johnson so’ngi siyosiy o’zgarishlarni muhokama qildi.

Shuningdek, Mahmud Abbos 1967 yilda belgilangan chegaralarda poytaxti Al-Quds bo’lgan ikki davlatli yechimga sodiqligini tilga oldi.

Qolaversa, Falastin ko’p tomonlama xalqaro mexanizm va xalqaro qarorlar asosida arab tinchlik tashabbusi zaminida muzokara o’tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Boris Johnson ham Buyuk Britaniya ikki davlatli yechimni qo’llab quvvatlashini va Yaqin sharqdagi to’qnashuvlarga tinchliksevar yo’llar bilan yechim topish zarurligini tilga oldi.

 



Aloqador xabarlar