Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Xitoyga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Xitoyga uch kunlik tashrifi davomida Xitoy davlat rahbari Shi Jinping bilan uchrashadi.

900903
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Xitoyga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bugun Xitoyga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Tereza Mey Xubey viloyatidagi talabalar shaharchasi Uxan shahriga yetib keldi.

Mey Xitoyga uch kunlik tashrifi davomida Xitoy davlat rahbari Shi Jinping bilan uchrashadi.

Tereza Meyga energiya shirkati “British Petroleum”  (BP) va “Jaguar” hamda “Land Rover” avtomobil kompaniyalari rahbarlari bilan bir qatorda, jami 50 kishilik delegatsiya hamrohlik qilmoqda.

Ushbu tashrifdan asosiy maqsad ikki tomonlama savdoni faollashtirish va optimallashtirish masalalari bo'yicha muzokaralar o'tkazishdan iborat.

Tereza Mey ikki davlat o’rtasidagi aloqalarning yaqinligi ta’lim sohasidagi hamkorlikda o’z aksini topishini ta’kidladi.

Buyuk Britaniyada 155 ming xitoylik talaba tahsil olayotganligini va davlat iqtisodiyotiga 7 mlrd dollar foyda olib kelganligini ma’lum qilgan Tereza Mey, ikki davlat o’rtasida imzolangan bir qator shartnoma asosida ta’lim sohasidagi hamkorlikning yanada yuqori bosqichga ko’tarilishini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Tereza Mey , #Buyuk Britaniya , #tashrif

Aloqador xabarlar