Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, kimyoviy qurol borasida ogohlantirdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Suriya va Iroqda terror tarafdorlari  to’liq kimyoviy modda ishlab chiqarishiga imkon beradigan  texnogiyalarga ega deb qayd etdi.

891907
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, kimyoviy  qurol borasida ogohlantirdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Suriya va Iroqda terror tarafdorlari  to’liq kimyoviy modda ishlab chiqarishiga imkon beradigan  texnogiyalarga ega deb qayd etdi.

Birlashgan millatlar xavfsizlik kengashi ommaviy qirg’in qurollarning keng tarqalishining oldini olish mavzusida o’tkazilgan yig’ilishda  so’zga chiqqan Lavrov,

“Yaqin sharq hududida, ayniqsa Iroq va Suriyada tobora ortib borgan  “ kimyoviy” terrorizm tahdidi jiddiy qayg’ularga yo’l ochmoqda.

Militsiyalar faqatgina  zaharlash  uchun kimyoviy moddadan foydalanmaydi, to’liq zaharli kimyoviy moddalar ishlab chiqarishiga imkon beruvchi texnologiya va imkoniyatga ega, bundan tashqari ushbu kimyoviy moddalarga  keng erishish tarmog’ini  rivojlantirdi” deb    ta’kidladi.

Ba’zi g’arb o’lkalari Suriya va Iroqdagi militsiyalar kimyoviy qurol ishlab chiqarish va foydalanishiga ko’z yumushni tanlaganlariga diqqat qaratgan Lavrov, shunday deb aytdi:

“ Oxirgi 3 yil muddatida BMTXKning Suriya va Iroqda  amalga oshgan “ kimyoviy “ terror voqealarini qoralash qarori yoki kamida BMTXK rahbarining bergan bayonotlarini qabul qilishini ko’plab marotaba taklif qildik. Afsus ki  takliflarimizning barchasi, Suriya va Iroqdagi partizanlar kimyoviy qurollardan  foydalanish va hatto ishlab chiqarishga ko’z yumushni tanlagan va Damashqni”  nohaq  ravishda ayblab  ba’zi  G’arblik hamkasbimi  tomonidan har safarida qat’iy ravishda rad qilindi.”

Rus diplomat, Yaqin shardagi partizanlar o’rtasidagi  kimyoviy quroldan foydalanish va ishlab chiqarishni  o’rgangan   chet ellik ko’plab kishi mavjud bo’lgani  uchun “ Kimyoviy” terrorning Yaqin sharqning  tashqarisiga  chiqishi bilan aloqali haqiqiy bir  xavf-xatar mavjudligi mavzusida ham ogohlantirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Kimyoviy , #Qurol

Aloqador xabarlar