Afg'onistonda Tolibon jangarisi davlatga taslim bo'ldi
Juzjan hokimi Mavlaviy Lutfulloh Aziziy ma'lum qilishicha, 9 jangari o'z xohshi bilan davlatga taslim bo'lgan.
Afg'oniston shimolidagi Juzjan viloyatida 9 nafar Tolibon jangarisi qurolni tashlab davlatga taslim bo'ldi.
Juzjan hokimi Mavlaviy Lutfulloh Aziziy ma'lum qilishicha, 9 jangari o'z xohshi bilan davlatga taslim bo'lgan.
Taslim bo'lgan jangarilarni tarbiyalash, jamiyatga foydali fuqarolar bo'lishiga imkon yaratish va ularga ish o'rinlari yaratishini tilga olgan viloyat hokimi, Tolibon jangarilarining taslim bo'lishi mintaqa xavfsizligi uchun muhim ekanligini bildirdi.
Ma'lumotga ko'ra, Juzjanda Oliy tinchlik kengashi o'z faoliyatini boshlagandan beri 862 jangari taslim bo'ldi.
Qurolni tashlab taslim bo'lgan jangarilarga davlat tomonidan moddiy yordam va ish imkoniyati yaratilmoqda.
Aloqador xabarlar
Isroil hujumlari yana 33 kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroil armiyasi haligacha G‘azo sektoriga qarshi hujum uyushtirmoqda.