Xitoy 53 mamlakat fuqarolaridan 6 kunlik sayohatlarda viza talab qilmaydi

Xitoydagi bu faoliyatdan maqsad mamlakatga ish yuzasidan kelgan xorijliklarga qulayliklar yaratishdir.

877665
Xitoy 53 mamlakat fuqarolaridan 6 kunlik sayohatlarda viza talab qilmaydi

Xitoy hukumati poytaxt Pekin va yana ikki shaharga keladigan 53 mamlakat fuqarolarini 6 kunlik sayohatlarda vizadan ozod qildi.

Qarorga binoan Pekin, Tianjin va Hebei shaharlariga 53 mamlakatdan kelgan sayyohlardan 6 kunlik sayohatlar uchun viza talab qilinmaydi.

Lekin, sayyohlar vizasiz sayohatdan foydalanish uchun ushbu shaharlar orqali Xitoyga kirishi talab qilinadi.

53 davlatni o'z ichiga olgan ro’yxatda Shengen davlatlari, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Xitoy, Argentina, Meksika va Chili mavjud.

Turkiya esa, bu ro’yxatdan o’rin olmadi.

Ta’kidlanishicha, Xitoydagi bu faoliyatdan maqsad mamlakatga ish yuzasidan kelgan xorijliklarga qulayliklar yaratishdir.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #viza , #ozod , #sayyoh , #Pekin

Aloqador xabarlar