Rossiya Suriyada ikkita harbiy baza qurmoqda

“Tartus va Hmeymim hududida bittadan harbiy baza quriladi va bu harbiy bazadagi ob’yektlar doimiy bo’ladi",-deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

876169
Rossiya Suriyada ikkita harbiy baza qurmoqda

Rossiya Suriyada doimiy havo harbiy bazasini qura boshladi.

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Tartus va Hmeymim hududida bittadan harbiy baza quriladi va bu harbiy bazadagi ob’yektlar doimiy bo’ladi. O’tgan hafta bosh qo’mondon Vladimir Putin Tartus va Hmeymimdagi harbiy zonaning joylashuvini va xodimlarini aniqlash to’g’risidagi qarornomani tasdiqladi. Qo’shin bo’linmalarini tashkil qila boshladik”,-dedi Sergey Sho’ygu.

Rossiya 2015 yilning 30 sentyabr kunidan beri davom etayotgan harbiy operatsiyalarini to’xtatdi va Suriyadagi rus qo’shinining katta qismi mamlakatga qaytarildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Suriya , #harbiy baza , #Sergey Shoygu

Aloqador xabarlar