Rossiya PYD/ PKK terror tashkilotini Sochiga taklif qilmoqchi emasligini qayd etdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Suriya bo’yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev Sochida uyushtiriladigan Milliy Muloqat kongressida YPG/ PYD terror tashkiloti ishtirokining maqul deb topilmaganligini ma’lum qildi.

874252
Rossiya PYD/ PKK terror tashkilotini Sochiga taklif qilmoqchi emasligini qayd etdi

Rossiya axborot agentliklarida o’rin olgan ma’lumotlarga ko’ra Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Suriya bo’yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev Sochida uyushtiriladigan Milliy Muloqat kongressida PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti va AQSh tomonidan qo’llab-quvvatlangan YPG/ PYD terror tashkiloti ishtirokining maqul deb topilmaganligini ma’lum qildi.  

Kongress ishtirokchilari bo’yicha tayyorlangan dastlabki ro’yhatga ko’plab “Kurd ishtirokchi” kiritilganligini yetkazgan Lavrentyev, “Qo’limizdan kelishicha kurdlarning maksimum saviyada ishtirok etishi va Turkiya tomonidan ham e’tirozlarning tug’ilmasligi uchun harakat qildik” dedi.

Aleksandr Lavrentyev, “Turkiya va Eron tasdiqlamagudek bo’lsa unda kurd hay’atlarning ro’yhatdan chiqarilib, chiqarilmasligi” haqidagi savolga qarshi, “Bu masalani o’zaro qarorlashtiramiz degan fikrdaman” deb javob berdi.

Turkiyaning Qozog’iston poytaxti Ostonada bugun o’z yakuniga yetgan navbatdagi Suriya muzokarasi haqidagi axborotida PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotlarining Sochida uyushtiriladigan Milliy Muloqat kongressida ishtirok etishi haqidagi taklifni qabul qilmaganligi o’rin olgan edi.  

Rus va Eron hay’atlari bilan Sochida o’tkaziladigan Kongressning ishtirokchilarini qo’lga olgan Turk rasmiylari YPG/ PYD terror tashkilotining kongressga taklif qilinishiga qarshi chiqqan edi.

Turkiya Ostonadagi Suriya muzokarasidan oldin Rossiya bilan Eronga, Suriya Kurd Milliy kengashining terrorist faoliyatlar bilan aloqasi yo’qligi tufayli Sochiga taklif qilinishi mumkinligi haqida aytgan edi.

 



Aloqador xabarlar