Rossiya 'Zapad' nomli harbiy mashg'ulotlar o'tkazdi...

Rossiyaning, sentyabr oyi 'Zapad 2017" harbiy mashg'ulotlarda NATO bilan Yevropa davlatlariga qarshi urush yattorgarligi ekanligi bildirildi.

872800
Rossiya 'Zapad' nomli harbiy mashg'ulotlar o'tkazdi...

Rossiyaning, sentyabr oyi 'Zapad 2017" harbiy mashg'ulotlar bilan NATO va Yevropa davlatlariga qarshi urush tayyorgarligi o'tkazgani bildirildi.

Nemis Bild gazetasining, g'arbdan kelgan razvetka manbalariga tayangan xabariga ko'ra, Rossiyaning 100 ming askar bilan uyushtirgan harbiy mashg'ulotlarining rasmiy nomining "terrorga qarshi kurash" bo'lganini, lekin mashg'ulotlarning ko'proq NATO va Yevropa davlatlariga qaratilgan urush rejasi bo'lganini chop etdi.

Harbiy mashg'ulotlar senariysiga ko'ra, bir necha kun ichida Boltiq bo'yi davlatlarning olinishi mo'ljallanmoqda.

Keyinchalik bunga o'xshash mashg'ulotlarning, NATO a'zosi G'arbiy Yevropa davlatlari va asosan Germaniya, Niderlandiya, Polsha, Norvegiya, Finlandiya va Shvetsariyaga qarshi 'Momoqoldiroq' operatsiyasi uyushtirishi bahs mavzusi.

Xabarda, Rossiyaning har to'rt yilda bir o'tkazgan Zapad (G'arb) mashg'ulotlarining o'zni mudofaa etish va terrorga qarshi kurash maqsadida bo'lganini ma'lum qilganiga qaramasdan, buning to'g'ri bo'lmagani ilgari surildi.

Gazeta, Rus armiyasining urush rejalarini, NATOning harbiy javob berishini ham oldini olishni mo'ljallagani, bu doirada mashg'ulotlarga Germaniya va Niderlandiya flotiga oid muassasalarning, shimoldan e'htimoliy havo hujumlari uyushtirish rejasining ham bo'lganini da'vo qildi.

Gazetaga muloqot bergan bir razvetka vakili, Rossiya jang boshlatganda Shvetsariya bilan Finlandiyaning ham betaraf qolmasligini tushungani uchun, bu davlatlarga qarshi Iskandar raketalari bilan hujum uyushtirishni maqsad qilganini bildirdi.



Aloqador xabarlar