Isroil askarlari G’arbiy Sheriyada falastinlik ikki kishini otib o’ldirdi

G’arbiy Sheriya janubidagi Al-Halil shahrida joylashgan “Arrub” qochqinlar lagerida Isroil askarlari bilan falastinliklar o’rtasida otishma ro’y berdi.

855206
Isroil askarlari G’arbiy Sheriyada falastinlik ikki kishini otib o’ldirdi

Isroil askarlari ishg’ol ostida bo’lgan G’arbiy Sheriyada falastinlik ikki kishini otib o’ldirdi.

G’arbiy Sheriya janubidagi Al-Halil shahrida joylashgan “Arrub” qochqinlar lagerida Isroil askarlari bilan falastinliklar o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmada falastinlik ikki kishi yaralandi.

Yaradorlardan biri shifoxonaga olib ketilayotgan paytda yo’lda Isroil askarlari tomonidan qo’lga olindi.

Yaradorlardan keyingisi Al-Halil shahridagi shifoxonaga yotkizildi.

Isroil askarlari “Arrub” qochqinlar lageri atrofini o’rab olib, gaz bombasini otgani sababli tomonlar o’rtasida otishma boshlangan edi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin , #G'arbiy Sheriya , #otishma

Aloqador xabarlar