NATO Afg’onistonda avj olgan terrorizmdan xavotirda...

“NATO askarlari 2014 yilda Afg’onistondan chekinishi bilan mamlakatda terrorizm avj oldi va biz bundan xavotirdamiz”,-deydi NATO parlament assambleyasi rahbari Paolo Alli.

822131
NATO Afg’onistonda avj olgan terrorizmdan xavotirda...

NATO parlament assambleyasi rahbari Paolo Alli NATO Afg’onistonda avj olgan terrorizmdan xavotirda ekanini ma’lum qildi.

U Ruminiyaning poytaxti Bukreshda “Associated Press” xabar agentligiga bu haqda intervyu bergan.

“NATO askarlari 2014 yilda Afg’onistondan chekinishi bilan mamlakatda terrorizm avj oldi va biz bundan xavotirdamiz”,-deydi Paolo Alli.

Uning aytishicha, NATO askarlari Afg’onistonni tark etishi bilan terror tashkiloti Tolibon qo’l ostida bo’lgan hududlarni yanada kengaytirdi. Bu esa, mamlakatda xavfsizlik vaziyatining buzilishiga olib keldi. Natijada afg’onlar mamlakatni tark eta boshladi.

 “Oxirgi ikki yoki uch yil ichida Afg’onistondan sharqiy Yevropaga juda ko’plab afg’on muhojirlar kelganini guvohi bo’ldik. Buning sababi, Tolibonning Afg’onistondagi ba’zi hududlarda nazoratni qo’lga olganidir”,-deydi NATO parlament assambleyasi rahbari.

 

 



Aloqador xabarlar