Haydar Al-Ibadiy:"Davlat butunligiga putur yetkazadigan rejalarga qarshi keskin choralar ko’riladi"

Iroq bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefonda muloqot o’tkazdi.

815819

Iroq prezidentligi matbuot markazi ma’lum qilishicha, muloqotda Iroq bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy davlat butunligiga putur yetkazadigan rejalarga qarshi keskin choralar ko’rilishini ma’lum qilgan.

“Xozirda oldimizdagi asosiy vazifalardan biri mamlakatimizni terroristlardan tozalash va Iroq xalqining xavfsizlik va barqarorligini ta’minlashdir”,-deya ta’kidlagan Haydar Al-Ibadiy muloqot chog’ida.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Iroqning barqarorligini qo’llab quvvatlaganini va Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvining mustaqillik referendumini tan olmasligini tilga oldi.

Aloqador xabarlar