Qatar TIV Al-Soniy Ko’rfaz muammosini qo’lga oldi

Al-Soniy Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillerson, Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Johnson va Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jean-Yves Le Drian bilan Ko’rfazdagi oxirgi vaziyatni qo’lga oldi.

781244
Qatar TIV Al-Soniy Ko’rfaz muammosini qo’lga oldi

Qatar Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon al-Soniy Amerika Qo’shma Shtatlari, Britaniya va Fransiya Tashqi ishlar vazirlariga qo’ng’iroq qilib, ular bilan telefon orqali muloqat qildi.

Al-Soniy ushbu muloqatda Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillerson, Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Johnson va Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jean-Yves Le Drian bilan Ko’rfazdagi oxirgi vaziyatni qo’lga oldi.

Aytib o’tish joizki ham AQSH Davlat kotibi, ham Britaniya Tahsqi ishlar vaziri ham da Fransiya Tashqi ishlar vaziri bugungacha amalga oshirgan Ko’rfaz safarlarida muammoning muloqat yo’li orqali hal qilinishini qo’llab-quvvatlaganliklarini ifoda etgan edilar.

Ko’rfazdagi muammo 5-iyun kuni Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr rahbariyatining Qatar bilan bo’lgan barcha diplomatik munosabatlarini uzishi bilan boshlagan edi.

Qatarga sanksiya kiritgan to’rtta arab davlati Qatar bilan bo’lgan munosabatini qayta tiklash uchun Doha rahbariyatiga 13 moddalik talab ro’yhati taqdim etgan. Qatar esa bunga qarshi xalqaro huquq talablariga javob bermaydigan hech qanday talabni qabul qilolmasliklarini ma’lum qilgan edi.  

 

 



Aloqador xabarlar