AQSh va Yaponiya Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirmoqchi...

“Ballistik roketasini sinovdan o’tkazgan Shimoliy Koreya tomonidan keladigan har qanday tahdidga qarshi qattiq chora ko’rish bo’yicha Tramp bilan hamfikrmiz”,-deydi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe.

780644
AQSh va Yaponiya Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirmoqchi...

AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirishga kelishib oldi.

Ikki davlat rahbari Shimoliy Koreyaning juma kungi ballistik roketa tajribasini muhokama qilish maqsadida telefonda muloqot o’tkazdi.

“Ballistik roketasini sinovdan o’tkazgan Shimoliy Koreya tomonidan keladigan har qanday tahdidga qarshi qattiq chora ko’rish bo’yicha Tramp bilan hamfikrmiz”,-deydi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe.

Sindzo Abe boshqa davlatlarni ham ushbu strategiyaga qo'shilishga chaqiradi.

Uning fikricha, Rossiya va Xitoy bilan bir qatorda, xalqaro hamjamiyat ham bu vaziyatga jim qarab turmasligi va Shimoliy Koreyaga bosimni oshirishi kerak.

Oq Uydan qilingan bayonotga ko’ra, ikki davlat rahbari Shimoliy Koreyaning AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning tinchligiga xavf solayotgani xususida hamfikrligini tilga oldilar.

Eslatma: Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe juma kuni Shimoliy Koreyaning takror ballistik roketa uchirganini ma’lum qilib, bu roketa Yaponiyaning iqtisodiy hududidagi dengizga kelib tushganini aytgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar