Arab davlatlari Qatardan ultimatumga javob oldi

Quvayt Qatar rahbariyatining Saudiya Arabistoni, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahraynning 13 moddalik talabiga bo’lgan javobini Saudiya Arabistoniga yetkazdi.

764812
Arab davlatlari Qatardan ultimatumga javob oldi

Quvayt Qatar rahbariyatining Saudiya Arabistoni, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahraynning 13 moddalik talabiga bo’lgan javobini Saudiya Arabistoniga yetkazdi.

Al-Arabia telekanali tarqatgan ma’lumotga ko’ra Quvaytning axborot vaziri Muhammad Abdulloh as-Sabah saudiyalik hamkasbi Odil al-Jubayr bilan Saudiya Arabistonining Jidda shahrida uchrashdi.   

Uchrashuvda Sabah, Qatarning Quvaytga omonat qilgan javob ro’yhatini Jubayrga topshirdi.

Shu doirada bugun Qatarga nisbatan sanksiya kiritgan ba’zi Arab davlatlarining Tashqi ishlar vazirlarining Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukrining taklifiga binoan Misrda uchrashuv o’tkazishi va Qatar bilan bo’lgan munosabatning kelajagining qo’lga olinishi kutilmoqda.  

Aytib o’tish joizki Saudiya Arabistoni, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn Qatarga nisbatan kiritgan sanksiyalarini bekor qilish uchun Turkiyaning Qatardagi bazasini yopish, Eron bilan bo’lgan munosabatlarini uzish va Al-Jazeera telekanalining yopilishi kabi moddalarni o’z ichiga olgan 13 moddalik talab ro’yhatini taqdim etgan edi.   

Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon al-Soniy Qatarga nisbatan sanksiya kiritgan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misrning talabiga bo’lgan javobini dushanba kuni Quvayt Amiri Shayh Sabah al-Ahmad al-Jabir as-Sabahga topshirgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Arab davlatlari , #Qatar , #ultimatum

Aloqador xabarlar