Damashqda bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi

Suriya poytaxti Damashqda bomba yuklangan mashina orqali xudkushlik hujumi uyushtiirldi.

762865
Damashqda bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi

Suriya poytaxti Damashqda bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida ilk aniqlashlarga ko’ra 4 kishi jon berdi.

Kasalxona manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra xudkush, bomba yuklangan mashinani poytaxt markazidagi Tahrir maydonida portlatgan.

Hujum oqibatida jon berganlardan tashqari 7 kishi tan jarohati olgan.

Bashar al-Asad rejimiga qarashli “SANA” axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra aeroport yo’li va Amara mahallasida uchta bomba yuklangan mashina aniqlangan. Huddi ana shu mashinalardan biridagi hujumchining mashinani, politisya xodimi kuzatuvi chog’ida portlatganligi qayd etildi.    

Ma’lumotda, qolgan ikkita mashinaning rejim politsiyasi tomonidan yo’q qilinganligi, hujumni hali hanuz hech kimning bo’yniga olmaganligi aytildi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Damashq , #xudkushlik hujumi

Aloqador xabarlar