Yevropa Ittifoq Rossiyaga sanktsiyani davom ettirishga qaror qildi

Yevropa Ittifoq, Rossiyaga tatbiq etgan iqtisodiy sanktsiyalarni yana 6 oy davom ettirishga qaror qildi.

758360
Yevropa Ittifoq Rossiyaga sanktsiyani davom ettirishga qaror qildi

Yevropa Ittifoq, Ukrainada barqarorsizlik keltirgani tufayli Rossiyaga tatbiq etgan iqtisodiy sanktsiyalarni yana 6 oy davom ettirishga qaror qildi.

Belgiyaning poytaxti Brusselda davom etgan Yevropa Ittifoqi rahbarlar sammiti chog'ida Twitter hisobidan ma'lumot bergan YI Kengashi rahbari Donald Tusk, "Kelishuv tuzdik. Rossiyaning Minsk shartnomasidagi kamchiliklar tufayli YI iqtisodiy sanktsiyalarni davom ettiradi" deb ifoda etdi.

Rossiya, 2014 yili 18 Mart kuni Qirim Muxtor Jumhuriyati va Sivastopolni qonunga xilof ravishda o'z tuproqlariga qo'shib olgan edi.

Qirimning Rossiya tomonidan tuproqlariga qo'shib olishi va Ukrainada maydonga kelgan hodisalar ortidan YI, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) va ayrim davlatlar Rossiyaga iqtisodiy sanktsiyalar tatbiq etishga boshlagan edi.

Santsiyalar, Rossiyaning neft va tabiiy gaz sektorida ishlatilgan ba'zi texnologiyalar, YI mamlakatlaridan olinishi cheklandi. Shuningdek Rossiya davlat banklari Yevropa finans muhitidan chetlandi.

Asosan tijorat va sarmoya kiritish sohasidagi sankstsiyalar, har 6 oyda uzatilmoqda. Mavjud sanktsiyalarning 2017 yili 31 Iyul kuni yakunlanishi kutilgan edi.

YI bunga qo'shimcha mol-mulklarni muzlatish va sayohat qilishni tasdiqlashi yuqori darajali ma'murlarni o'z ichiga olmoqda.



Aloqador xabarlar