DEASh Mosulda, bomba yuklangan mashina orqali yana hujum uyushtirdi

Iroqning Mosul shahrining g’arb qismida DEASh terror tashkiloti tomonidan bomba yuklangan mashina orqali yana hujum uyushtirildi.

727234
DEASh Mosulda, bomba yuklangan mashina orqali yana hujum uyushtirdi

Iroqning Mosul shahrining g’arb qismida DEASh terror tashkiloti tomonidan 4 ta bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan hujumda 9 nafar politsiya xodimi jon berdi va 3 politsiya xodimi tan jarohati oldi.

Vadi Ukab tumanidagi sanoat zonasida, politsiya xodimlari turgan nuqtalarga qarshi 4 ta bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan hujumda, og’ir pulemyot yuklangan ikkita mashina foydalanishdan chiqarildi.

Shu bilan birga Iroq davlat telekanali, Mosulning shimoli-g’arb qismidagi Musheyrafetul Ula mahallasining DEASh terror tashkilotidan qutqarilganligini ma’lum qildi.

Shuningdek Iroq kuchlari, mamlakatning sharqida o’rin olgan Diyalaning ba’zi mintaqalarida DEASh terror tashkilotiga qarshi keng ko’lamli harbiy amaliyot boshlatdi.

Iroqning ikkinchi yirik shahri hisoblangan Mosul, 2014-yilning iyun oyida DEASh terror tashkilotining nazorati ostiga kirgan edi. Iroq kuchlari 2016-yilning noyabr oyida shaharning sharqini qaytarib olar ekan joriy yilning 19-fevrali kuni Mosulning g’arb qismini qutqarish uchun amaliyot boshlatgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Mosul , #DEASh terror tashkiloti , #hujum

Aloqador xabarlar