Putinning maslahatchisi Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi bosh kotibi bilan uchrashdi

Aleksandr Lavrentiyev va Shemhani uchrashuv chog’ida, Suriya masalasi bilan bir qatorda, ikki davlat o’rtasidagi siyosiy va harbiy aloqalarni muhokama qildi.

721810
Putinning maslahatchisi Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi bosh kotibi bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning maslahatchisi Aleksandr Lavrentiyev Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi bosh kotibi Ali Shemhani bilan Tehronda uchrashuv o’tkazdi.

Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi ma’lum qilishicha, Aleksandr Lavrentiyev va Shemhani uchrashuv chog’ida, Suriya masalasi bilan bir qatorda, ikki davlat o’rtasidagi siyosiy va harbiy aloqalarni muhokama qildi.

Ular Eron, Suriya va Rossiya o’rtasidagi faol hamkorlikka diqqat qaratar ekan, Qozog’istonning poytaxti Astanada olib borilgan Suriya muzokaralari sulh bitimiga ijobiy ta’sir ko’rsatganini tilga oldilar.

Eslatma: Eron, Rossiya va Suriya mudofaa vazirlari kecha Moskva shahrida Suriyadagi muzokaralarni muhokama qilish maqsadida uchrashgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar