Afg'onistonda Tolibon hujum uyushtirdi

Farah gubernatori voizi viloyatning Pusht Rud tumaniga qarashli Xitoy mintaqasidagi politsiya uchastkasiga qarshi hujum uyushtirgan Tolibon terror tashkiloti a’zolari bilan xavfsizlik xodimlari o’rtasida to’qnashuv kelib chiqganligini ma’lum qildi.

699208
Afg'onistonda Tolibon hujum uyushtirdi

Afg’anistonning Farah viloyatida Tolibon terror tashkiloti a’zolari tomonidan politsiya uchastkasiga qarshi hujum uyushtirildi. Ushbu hujum oqibatida 16 kishi jon berdi. Jon berganlardan 8 nafarining politsiya xodimlaridan ekanligi aniqlandi.

Farah gubernatori voizi Iqbol Bahir viloyatning Pusht Rud tumaniga qarashli Xitoy mintaqasidagi politsiya uchastkasiga qarshi hujum uyushtirgan Tolibon terror tashkiloti a’zolari bilan xavfsizlik xodimlari o’rtasida to’qnashuv kelib chiqganligini ma’lum qildi.  

Ma’lumotda to’qnashuv oqibatida 8 nafar politsiya xodimi bilan 8 nafar terroristning jon berganligi ham qayd etildi.

Tolibon tomonidan esa ushbu to’qnashuv oqibatida 8 nafar politsiya xodimining jon berganligi va politsiya uchastkasining tashkilot nazoratiga o’tganligi iddio qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #hujum

Aloqador xabarlar