Suriyadagi bomba ovozlari hali ham tingani yo'q

Suriyaning Idlib shahrining aholi soni mamlakatning turli mintaqalarida avj olgan bombardimondan qochganlar yuzasidan ortdi.

699032
Suriyadagi bomba ovozlari hali ham tingani yo'q

Suriya poytaxti Damashqning sharqiy tomonida joylashgan Gutaning Hamuriya shaharchasida uyushtirilgan havo hujumi oqibatida birinchi aniqlashlarga ko’ra kamida 10 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari onlab kishi tan jarohati oldi.

Shuningdek Suriyaning Idlib shahridagi bir qamoqxonaga qarshi uyushtirilgan havo hujumi oqibatida 16 kishi jon berdi.

Suriya Inson huquqlari observatoriyasi tomonidan ma’lum qilinishicha, qamoqxonaga qarshi uyushtirilgan havo hujumi ortidan qochishga harakat qilgan mahbuslarga qarshi soqchilar o’q uzgan va oqibatida 16 kishi jon bergan. Jon berganlardan 2 nafari esa soqchilardan iborat.

Idlib aholi soni Suriyaning turli mintaqalarida avj olgan bombardimondan qochganlar yuzasidan ortgan edi.



Aloqador xabarlar