Suriya masalasi uchun 4 davlat uchrashdi

Suriya tagangligiga yechim topish uchun, Turkiya ham bo'lgan 4 davlatning yig'ilish o'tkazishi kutilmoqda.

588773
Suriya masalasi uchun 4 davlat uchrashdi

Suriya masalasi uchun 4 davlat uchrashdi.

Moskva boshqaruvi, Shanba kuni Suriya tagangligiga yechim topish uchun, Turkiya ham bo'lgan 4 davlatning yig'ilish o'tkazishini ma'lum qildi.

Rossiya tashqai ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkiya, Rossiya, Amerika qo'shma shtatlari (Aqsh) va Saudiya Arabistondan kasbdoshlari bilan, Shanba kuni Shveysiyaning Lozan shahrida, Suriya masalasini muhokama qilish uchun to'planishini ma'lum qildi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotda, 15 Oktyabr kun bo'ladigan yig'ilishga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Aqsh davlat kotibi John Kerryning qaroriga ko'ra o'tkazilishi bildirildi.

Yig'ilishda Suriya tarangligiga yechim topish mavzusida tashlanadigan qadamlar ko'zdan kechiriladi.

Amerika tashqi ishlar vazirligidan berilgan ma'lumotda Kerryning 15 Oktyarb kuni Lozanga, 16 Oktyabr kuni Angliyaning poytaxti Londonda bo'lishi bildirildi.

Kerryning ziyoratlari bilan aloqali tafsulotli ma'lumot berilmagan bayonotda, "Vazir Londonda muhim sheriklarimizning tashqi ishlar vazirlari bilan Londonda uchrashib, urushni to'xtatish va gumanitar yordamlarni yetkazish ham bo'lib Suriya masalasiga yechim yo'llari izlaydi" deb ifoda etildi.

Boshqa tomonda oq uy voizi Josh Earnest, kundalik matbuot anjumanida, "Ko'rinib turgani kabi bu ikki tomonli bir uchrashuv emas. Aslida Xalqaro Suriya Dastak Guruhining ayrim a'zolari ishtirok etadigan yig'ilish: "Bu ushrashuv, o'xshash bir guruhning a'zolari o'rtasida bo'lib o'tgan yig'ilishning davomi sifatida" deb bayonot berdi.



Aloqador xabarlar