Isroil armiyasiga oid F-16, olovlanib yerga quladi

Isroil armiyasi kecha G’azodan Sderot shahriga raketa otilganligini iddio qilib, 35 marotaba G’azoga havodan hujum qilgan edi.

583903
Isroil armiyasiga oid F-16, olovlanib yerga quladi

Isroil armiyasiga oid F-16 rusumidagi uchoqning G’azo yo’lagiga bomba tashlaganidan keyin yerga qulashi oqibatida uchuvchi mayor Ohad Cohen Nov o’ldi.

Ramon harbiy bazasiga qonayotgan uchoqning olovlanib yerga qulashi oqibatida esa uchuvchi yordamachi tan jarohati oldi.

Uchoqdagi olovning kelib chiqish sababi haqida batafsil ma’lumot berilmas ekan Isroil Harbiy-havo quvvatlari voqea haqida tergov boshlatdi.

Isroilning “Kanal 10” telekanali tarqatgan ma’lumotga ko’ra uchoq texnik muamo yuzasidan to'satdan olovlangan.

Isroil armiyasi kecha G’azodan Sderot shahriga raketa otilganligini iddio qilib, 35 marotaba G’azoga havodan hujum qilgan edi.



Aloqador xabarlar