Halab uchun, 30-sentabrning “G’azab kuni” deb e’lon qilinishi talab qilinmoqda

Musulmon olimlar xalqaro uyushmasi Bosh kotibi Ali Karadag’i bu haqida, yozma ravishda bayonot berdi.

577945
Halab uchun, 30-sentabrning “G’azab kuni” deb e’lon qilinishi talab qilinmoqda

Musulmon olimlar xalqaro uyushmasi Bosh kotibi Ali Karadag’i, 30-sentabrning butun dunyoda “Halab uchun g’azablan” shiori ostida “G’azab kuni” deb e’lon qilinishini talab qildi.

Karadag’i bu haqidagi yozma ravishdagi bayonotida, Bashar al-Asad va Rossiya hujumiga qarshi Halab aholisiga yordam berish maqsadida “G’azab kuni” e’lon qilinishi uchun xalqni undagan 30-sentabr kuni barcha imom va hatiblarning juma xutbasini Halabga bag’ishlashi kerakligini ta’kidlab o’tdi.

Karadag’i din arboblarining, Suriya va yer bilan yakson bo’lgan boshqa davlatlardagi zulmning bas qilinishi uchun g’azabli xalq orasiga qo’shilishi kerakligini himoya qilib butun dunyo xalqini qo’shaloq standart va Asad rejimini qo’llab-quvvatlashdan voz kechishga undadi.

Amerika Qo’shma Shtatlari va Rossiya rahbarligida boshlatilgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvining 19-sentabr kuni tugashi ortidan Halabda, Suriya rejimi va Rossiya hujumi oqibatida 444 kishi halok bo’ldi va 585 kishi tan jarohati oldi.

 



Aloqador xabarlar