Eron va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi haj bahsi avj oldi

O’tgan yili hajda yuz bergan voqea tufayli haligacha Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlarining sovuq ekanligi barchaga ma'lum.

566418
Eron va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi haj bahsi avj oldi

O’tgan yili hajda yuz bergan voqea tufayli haligacha Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlari sovuq.

Voqea chog’ida jon bergan 2 ming 426 kishidan 464 nafarining eronlik ekanligini eslatgan Oyatulloh Ali Xomaniy, Riyad rahbariyati hojilarni davolash o’rniga konteynerlarda o’limga tark etganlikda aybladi.

Xomaniy;  

“Bag’ri tosh saudiyaliklar tan jarohati olganlarni davolash o’rniga, ularga suv berish o’rniga ularni konteynerlarda o’limga tark etdi. Tan jarohati olganlarni o’ldirdi” dedi.

Tehron rahbariyati ham bu yil o’z fuqarolarini, xavfsizlik jihatidan maqul sharoit tuzib berilmaganligi bois muqaddas tuproqlarga yubormasligini ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vaziri shahzoda Muhammad bin Naif esa, Eron rahbariyatini o’z fuqarolarining haj safariga chiqishlariga mone’lik qilishda aybladi.

Saudiya Arabistonining rasmiy axborot agentligi “SPA”ning xabar qilishicha, haj ziyorati chog’ida xizmatda bo’ladigan xavfsizlik kuchlari tomonidan uyushtirilgan paratda ishtirok etgan shahzoda Muhammad, Eronning haj ibodatini siyosiylashtirish va Islom diniga to’g’ri kelmaydigan, hojilarning xavfsizligini ta’minlashdan iroq shiorlarga aylantirishga harakat qilganini iddio qildi.

Haj ziyorati chog’ida hojilarning xavfsizligiga ziyon yetkazuvchi harakatlarga qarshi kurashning qarorli bo’lishini ta’kidlagan shahzoda Muhammad, “Eron yoki boshqalarning, haj ibodatiga ziyon yetkazishiga ruxsat bermaymiz” dedi.


 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Saudiya Arabistoni , #haj ziyorati

Aloqador xabarlar