O’rta Yer dengizida muhojirlarga to’la kema cho’kib ketgan

Tunislik 28 muhojirni olib ketayotgan kema Liviya sohillarida fojiaga uchragan va 16 muhojir cho’kib ketgan.

523090
O’rta Yer dengizida muhojirlarga to’la kema cho’kib ketgan

O’rta Yer dengizida muhojirlarga to’la kema cho’kib ketgan.

Tunislik 28 muhojirni olib ketayotgan kema Liviya sohillarida fojiaga uchragan va 16 muhojir cho’kib ketgan.

Olingan ma’lumotlarga ko’ra, 12 muhojir qirg’oqqacha suzib borgan.

Tunislik faol Mustafa Abdulkerimning aytishicha, Tunisning Mednin viloyatiga qarashli Bingirdan tumani bilan Jerjis shahridan 28 muhojirni Italiyaga olib ketayotgan kema kecha Liviyaning sohilida joylashgan Sabrata shahridagi portdan yo’lga otlangan va yarim soat o’tgach, cho’kib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, cho’kib ketgan kemadan 12 muhojir qirg’oqqacha suzib borishga muvaffaq bo’lgan, lekin dom-daraksiz yo’qolgan 16 muhojir qidirilmoqda.

Ko’chmanchilar bilan shug’ullangan xalqaro tashkilot hisobotiga ko’ra, 2016 yilning dastlabki yarmida 210643 ko’chmanchi O’rta Yer dengizi orqali Yevropaning turli davlatlariga safar qilgan, bu mashaqqatli safar davomida 2859 kishi turli falokatlarga uchrab dengizda g’arq bo’lgan.



Aloqador xabarlar