Kerkukda xavfsizlik hanuz nozuk vaziyatda

Iroqning Kerkuk shahrida xavfsizlik tahlikasining davom etgani bildirildi.

516839
Kerkukda xavfsizlik hanuz nozuk vaziyatda

Iroqning Kerkuk shahriga bog'li Turkman Beshir qishlog'ining terror tashkiloti DEASHdan olinganiga qaramay, qishloqda xavfsizlik tahlikasining davom etgani bildirildi.

Hashdi Shabi soyaboni ostida joy olgan Turkman Kuchi Beshir Qo'mondon o'rinbosari Isam Nuri, "Beshir qutqarildi lekin terror tahdidi hanuz davom etmoqda. Ushbu nuqtalarda har kun havodan katyushka raketalari bilan hujum qilinmoqda. Xavfsizlik kuchlari va terroristlar o'rasida atiga 1 kilometr masofa bor. Otilgan raketalarning ichida gorchitsa gazi va zaharli moddalar mavjud. Shuning uchun ko'p sonda xavfsizlik xodimi bilan askar tan jarohati oldi" dedi.

DEASHning Berish qishlog'ini nazoratiga olgandan keyin Tezehurmatu qishlog'idan qochib borgan Hasan Abbas esa, uylarining vayronaga aylanganini va moddiy yordam berilmasi qaytishning iloji bo'lmaganini ifoda etdi.

Abbas, "Qishloqda va atrofida mina va bombali tuzoqlar o'rnatilgan, hukumat qishloqda xavfsizlikni ta'min etishda yetarsiz qoldi va yiqilgan 250 uyni qayta tiklash uchun hech bir narsa qilinmadi" dedi.

Qishloq aholisining ro'zg'or tebratish uchun qurgan fermadan ham foydalana olmaganini takidlagan Abbas, jangarlarning dehqonchilik maydonlariga mina joylashtirganini va buning katta to'siq bo'lganini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar