Xitoyda yer ko’chkisi sodir bo’ldi

Ushbu tabiiy ofat Xitoyda, to’g’ridan-to’g’ri 277 million yuanlik (qariyb 42 million dollar) iqtisodiy yo'qotishlarga yo’l ochdi.

511932
Xitoyda yer ko’chkisi sodir bo’ldi

Xitoyda og’ir yog’ingarchilik yuzasidan yer ko’chkisi sodir bo’ldi. Oqibatida 10 kishi jon berar ekan, 13 kishi bedarak yo’qoldi. Shuningdek 1 400 uy-joy vayron bo’lar ekan, 700 ta uy ziyon ko’rdi.

Xitoyning Guangxi Cuang avtonom viloyati, Hunan, Guicou va Guangdong viloyatlarida boshqa mintaqalarga qaraganda yana-da og’irroq yog’ingarchilik kuzatildi.

Yog’ingarchiliklar qariyb 20 ming gektar ekin ekilgan yerga ziyon yetkazdi.

Xitoydagi ushbu og’ir yog’ingarchilik to’g’ridan-to’g’ri 277 million yuanlik (qariyb 42 million dollar) iqtisodiy yo'qotishlarga yo’l ochdi.

Mintaqada bedarak yo’qolganlarni topish uchun qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #yer ko'chkisi , #tabiiy ofat

Aloqador xabarlar