Barak Obama 'Radikal Islom' iborasi bilan aloqali mulohaza bildirdi

Barak Obama 'Radikal Islom' iborasi va Donald Trumpning uslubi bilan aloqali mulohaza bildirdi.

511066
Barak Obama 'Radikal Islom' iborasi bilan aloqali mulohaza bildirdi

AQSh Prezidenti Barak Obama, o'lkadagi terror hujumlari bilan aloqali "Radikal Islom" ifodasini ishlatish bilan aloqali tanqidlarga doir, "Bir tahditni boshqa isim bilan ifoda etish uni yo'q qilmaydi. Bu, siyosiy jihatdan diqqatlarni tarqatishdir" dedi.

AQSh Prezidenti Obama, Orlandoda 49 kishining hayotiga zomin bo'lgan hujum va DEASHga qarshi kurash mavzusida ma'lumot olish uchun Xazina Vazirligida Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi o'tkazdi.

Yig'ilishdan keyin matbuot anjumanida bayonot bergan Obama, hujum bilan aloqali, "Daslab boshqa bir terror guruhining Orlandodagi hujumni boshqarganini ko'rsatgan bir ma'lumot yo'q" dedi.

Terror hujumlari bilan aloqali "Radikal Islom" iborasini ishlatmasligi borasida tanqidlarga javob bergab Obama, Kongressdagi Jumhuriyatchilarning, "DEAShni radikal islomiy guruh sifatida ifoda etmaguncha tashkilotni mag'lub eta olmaymiz" deb aytilganini eslatib quyidagicha so'zladi: "Bu iborani ishlatishning nima foydasi bor? Nimani o'zgartadi? DEASHning Amerikaliklarni yana kam o'ldirishinimi va'da qiladi? Yana ko'p ittifoqdoshmi qozonadi? Bularning hech qaysi biri javob emas. Bir tahditni farqli isim bilan tarif etish buni bartaraf qilmaydi. Bu siyosiy jihatdan diqqatlarni boshqa tomonga tortishdir. 7,5 yillik vazifam bo'yicha 'Radikal Islom' iborasi ishlatmaganim uchun izlamagan bir strategiya bo'lmadi. Hech qaysi bir maslahatchi bir marotiba ham bo'lsa 'Bu ibora ishlatganda vaziyat aralashdi' demadi".

Obama, terror tashkiloti DEASHning Islom bilan aloqasi bo'lmaganiga diqqat qaratdi.

Isim bermasdan Jumhuriyatchi Partiyadan nomzod bo'lgan Donald Trumga ko'ra Obama, Trumoning Musulmonlarning AQShga kirishini taqiqlash taklifini qattiq qoraladi.

"AQShli Musulmonlar orasida ayrimchilik keltiradimi?" deb savol bergan Obama, "Bu bizlar istagan Amerika emas. Demokratik ideologiyamizni aks ettirmaydi. Bizning xavfsizligimizni tahdit etadi. Bu AQShli Musulmonlarga hukumatlarining o'zlariga xiyonat qilganini his ettiradi" deb so'zladi.

DEASH bilan kurashda kelingan so'ngi nuqta bilan aloqali ma'lumot bahamlashgan AQSh Prezidenti, tashkilotning Iroq va Suriyaga keltirilgani, 120 dan ziyod liderini boy berganini, xalqaro finans sistemasi bilan aloqalari uzilganini bildirdi.

Obama Suriya bilan aloqali esa, bu yerdagi to'qnashuvlarni bartaraf qilish shartnomasining tinch aholining boshidan o'tganlarni yengillashtirmasganini izohladi.

Esad rejimining shartnomaga rioya qilmaganiga diqqat qaratgan Obama, "Suriyada Esad bo'lmagan bir o'zgarish bilan natijalanadigan, ichki urushni bartaraf qiladigan siyosiy jarayon uchun bosimlar davom etadi" dedi.

 

 



Aloqador xabarlar