Halabda, DEASh terror tashkilotiga qarshi amaliyot boshlatildi

Kecha oqshom soat 20:00 chog’larida Halabda boshlatilgan amaliyot natijasida Turk qurolli kuchlari bilan Koalitsiya havo quvvatlariga oid bombachi uchoqlari DEASh terror tashkiloti a'zolariyu, DEASh nuqtalarini vayron qildi.

489240
Halabda, DEASh terror tashkilotiga qarshi amaliyot boshlatildi

Turk qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning shimolida, DEASh terror tashkilotiga a’zo 14 kishi o’ldirildi.

Kecha oqshom soat 20:00 chog’larida Halabning shimolidagi Jazir, Yahmul, Kafrah mintaqalarida razvedka va kuzatuv vositalari va mintaqadan olingan ma’lumotlarning baholanishi natijasida aniqlangan va o’q uzishga tayyor ekanligi o’rganilgan DEASh terror tashkiloti nishonlariga qarshi amaliyot boshlatildi.  

Ushbu amaliyot vaqti-vaqti bilan tong sahargacha davom etdi.

Ilk aniqlashlarga ko’ra, DEASh terror tashkiloti a’zosidan 14 terrorist o’ldirildi.

Undan tashqari Turk qurolli kuchlariga oid nishonlarni aniqlash vositalari orqali Kafrah, Jariz Tilalyan va Dabikda ekanligi o’rganilgan DEASh nuqtalariga qarshi Koalitsiya havo quvvatlariga oid bombachi uchoqlari tomonidan 5 marotaba havo hujmi ijro etildi.  

Bu amaliyotlarda ham ilk aniqlashlarga ko’ra 14 terrorist o’ldirildi.

Amaliyot chog’ida himoya mavzei, qurolli tezkor-taktik vosita va DEASh tomonidan qarorgoh olaroq foydalanilgan 2 qavatli bino vayron qilindi.



Aloqador xabarlar