AQShda Arman iddaolariga qarshi Turkiyani himoya qilgan yurish uyushtirildi...

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)ning poytaxti Vashingtonda, Arman iddaolariga qarshi Turkiyaga dastak maqsadi bilan uyushtirilgan “ Tinchlik va birdamlik yurishiga”, minglab kishi ishtirok etdi.

477437
AQShda Arman iddaolariga qarshi Turkiyani himoya qilgan yurish uyushtirildi...

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)ning poytaxti Vashingtonda, Arman iddaolariga qarshi Turkiyaga dastak maqsadi bilan uyushtirilgan “ Tinchlik va birdamlik yurishiga”, minglab kishi ishtirok etdi.

Turk- Amerika  milliy  yo’naltirish komiteti tashkillashtirgan yurish Oq uyning oldidan boshladi, Turkiya Vashington elchiligi oldida  esa yakunlandi.

Yurishga, Turkiya oliy millat majlisi Turk- Amerikan Do’stlik guruhi   Rahbari Ali Sarikya, Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) deputati va  Bosh rahbar o’rinbosari  Fatma Betul Sayan,  ATP deputati Ertan Aydin va Turkiyaning Vashington  favqulodda va  muxtor elchisi sardar  Kilich bilan AQSh Musulmonlari Kengashi bosh kotibi Usama  Jemal ham qatnashdi.

1915- voqealariga doir iddaolarga qarshi va Islomofobi,  chet ellik dushmanligi, Suriya  muhojirlari vaziyatiga diqqat qaratish uchun uyushtirilgan yurishiga, Turklar bilan bir qatorda AQShdagi  Turkiya do’sti boshqa o’lka yurtdoshlari va Musulmon jamiyatlar qatnashdi.

Yurishga ishtirok etganlar, “ Tinchlik va birdamlik uchun Turkiyani himoya qilamiz,” Armaniston terrorining qurbonlarini yodga olamiz” kabi  plakatlar ko’tarib  Turkiya foydasiga shiorlar berdi.

Buning bilan birgalikda Kanadadagi Turklar ham “ Arman yolg’on iddaolariga  qarshi” yurish  uyushtirdilar.

Kandalik Turklar tinchlik va birdamlik platformasi  tomonidan uyushtirilgan 24- Aprel tinchlik va birdamlik yurishi, shahid Polkovnik Atilla Altikat yodgorligi oldida boshladi. Arman terror tashkiloti ASALA partizanlari tomonidan 1982- yilida Ottavada shahid qilingan harbiy attashe  Polkovnik Atilla Altikat yodgorligiga gul chambar qo’ygan guruh, shahid  uchun  duo  o’qilgandan so’ngra, Kanada Federal parlamenti binosi oldigacha yurdilar. Bu yerda takbirlar, madhiyalar va ashulalar kuylagandan  so’ngra, Turkiyaning Ottava elchili xonasigacha yurdilar. 

Minglab Turk, guzargoh bo’yicha yirik Turk va Kanada bayroqlari bilan Arman yolg’onlariga qarshi palakatlar ko’tarib shiorlar berdilar.

Ottava, Toronto, Monreal, Hamilton, Oakville, Mississauga va Burlington shaharlarida istiqomat qilgan Turklar bilan bir qatorda ko’plab o’lkaning yurtdoshlari ham qatnashdi.

 


 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Vashington , #Arman , #Turkiya , #himoya , #Yurish

Aloqador xabarlar