Rossiyada avj olgan qonunbuzarlikda Putinning hissasi katta...

Tadqiqotga ko'ra, rus xalqining 66%i mamlakatdagi qonunbuzarlikning eng katta javobgari sifatida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni ko'rsatadi.

466702
Rossiyada avj olgan qonunbuzarlikda Putinning hissasi katta...

Iqtisodiy krizisga qarshi kurashgan rus xalqining fikricha, mamlakatda avj olgan qonunbuzarlikda avvalo Prezident Vladimir Putinning hissasi katta.

Rus tadqiqot shirkati Levada Center ma'lumotiga ko'ra, rus xalqining 66%i mamlakatdagi qonunbuzarlikning eng katta javobgari sifatida Prezident Putinni ko'rsatar ekan, 51%i esa, davlat organlarining aksariyati qonunbuzarlikka yo'l qo'yganini aytadi.

Anketa ishtirokchilarining 44%i Putinning qonunbuzarlikka qarshi kurashganini, biroq bu mavzuda muvaffaqiyatsiz ekanini va Rossiyada qonunbuzarlik ildizi quritilmaydigan haqiqatga aylanganini tilga oladi.

Anketa ishtirokchilarining 19%i Vladimir Putinning shaxsan o'zi qonunni buzganini ma'lum qilar ekan, 41%i mamlakatdagi siyosatchilarning ko'pchiligi qonunbuzarlikka aralashganini bildiradi.

Rossiyada avj olgan qonunbuzarlik dunyoda eng katta huquq maslahatchiligi shirkati “Mossack Fonseca" tomonidan tarqatilgan xalqaro soliq kontrabandasiga doir “Panama hujjatlari" orqali fosh qilingan.

Hujjatlarda Putinning yaqin do'sti kompozitor Sergey Roldugin va banker Yuriy Kovalchukning ham ismi o'rin olgan.

Qolaversa, Rossiyaning xorijdagi fondlarida saqlanayotgan taxminan 2 mlrd dollar mablag'ning Putinga yaqin insonlargacha borib taqalgani qayd etilgan edi.



Aloqador xabarlar