BMT bilan YI Jenevada, tomonlarni ogohlantirdi

Jenevada o'tkazilayotgan va Suriyaning tinchligiga bag'ishlangan bilvosita muzokaralarning mavjud bosqichi bugun o'z nihoyasiga yetadi.

457355
BMT bilan YI Jenevada, tomonlarni ogohlantirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan Yevropa ittifoqi, Shveytsariyaning Jeneva shahrida o'tkazilayotgan Suriya muzokarasida ishtirok etgan tomonlarni, Suriyada tinchlik o'rnatilmagudek bo'lsa unda DEASh bilan Al-Qoidaga qarshi kurashning muvaffaqiyatsiz yakunlashi to'g'risida ogohlantirdi.

Jenevadagi bilvosita muzokaralarning mavjud bosqichi bugun o'z nihoyasiga yetadi.

Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili Federica Mogherini, Jenevadagi Suriya muzokarasi doirasida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura, suriyalik muxolifat va rejim hay'ati bilan alohida-alohida uchrashuv o'tkazdi.

Mogherini bilan De Mistura uchrashuv ortidan jurnalistlar savoliga javob berdi.

De Misturaning taklifiga binoan Jenevaga borgan Mogherini, Suriyadagi inqirozning barcha mintaqaga yoyilib ketganligini, shuning uchun ham tinchlik jarayonining tezlashtirilishi kerakligini ta'kidladi.

Rejim hay'ati bilan uchrashganida ularga, “Siyosiy o'tish jarayonining boshlatilishi kerakligini aytdim" degan Mogherini, Suriyada tinchlikni o'rnatish uchun muammoni siyosiy yo'l bilan hal qilinishi kerakligini va DEAShga qarshi kurashish kerakligini ifodaladi.

Staffan De Mistura esa, terrorga qarshi kurashning ahamiyatiga to'xtalib, “Terrorni mag'lub qilish uchun eng avvalo siyosiy yo'lga ehtiyojimiz bor" dedi.

Suriyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Doimiy vakili Bashar al-Jafariy esa, Suriya muzokaralari doirasida De Misturadan olgan hujjatlarga, muzokaraning keyingi bosqichida javob berajaklarini aytdi.

Suriya muzokaralarining keyingi bosqichining esa aprel oyida boshlashi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar