Haydar al-Abadiy poytaxt Berlinda, Merkel bilan uchrashdi

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy, Iroqning Kurd muxtoriyati yetakchisi Mas’ut Barzaniyning mustaqillik referendumiga qaratilgan chiqishini tanqid qildi.

431230
Haydar al-Abadiy poytaxt Berlinda, Merkel bilan uchrashdi

Germaniya kantsleri Angela Merkel, Iroqning tuproq butunligi tarafdori ekanligini aytdi.

Merkel, poytaxt Berlinda Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan uchrashuv o'tkazdi.

Angela Merkel bilan Haydar al-Abadiy o'zaro uchrashuvi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Kurd hududini Iroqning bir bo'lagi olaroq qabul qilganliklarini aytgan Merkel;

“Germaniya, Kurd hududi doxil bo'lish bilan birga Iroqning tuproq butunligini himoya qilinishi uchun qo'lidan kelganini qilishga tayyor" dedi.

Iroqga moddiy jihatdan yordam berish maqsadida 500 million yevro ajratajagi haqida va'da bergan Merkel, pulning infratuzilma investitsiyalari uchun sarflanajagini belgilab o'tdi.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy ham, Iroqning Kurd muxtoriyati yetakchisi Mas'ut Barzaniyning mustaqillik referendumiga qaratilgan chiqishini tanqid qildi.

Haydar al-Abadiy, Kurd muxtoriyatini bundan voz kechib, markaziy hukumat bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.



Aloqador xabarlar