Saudiyalik ayollar, hayotida ilk bora saylovda ishtirok etdilar

Saudiya Arabistoni qonunlariga ko’ra ayollar saylov va saylanish huquqiga ega emas edilar.

408691
Saudiyalik ayollar, hayotida ilk bora saylovda ishtirok etdilar

Saudiya Arabistonda kecha o’tkazilgan mahalliy kengash saylovi natijalariga ko’ra, birinchi marotaba ham nomzod, ham da saylovchi sifatida saylovda ishtirok etgan 979 nafar ayoldan 20 nafari g’olibiyatni qo’lga kiritdi.

Munitsipalitet va qishloq xo’jaligi vaziri Abdullatif ibn Abdulmalik ash-Shayh, 4 yilda bir marotaba o’tkazilgan qishloq xo’jaligi saylovlarining, tinch va haqqoniy ravishda bo’lib o’tganligini va saylov xavfsizligi jihatidan hech qanday noxush vaziyat yuz bermaganligini ifodaladi.

Ash-Shayx shuningdek, 3-davr qishloq xo’jaligi saylovlarida, ishtirokchi nisbatining 47.4 foizni tashkil etganligini, 1 million 487 ming 477 nafar saylovchidan 702 ming 542 nafarining ovoz berganligini ham qo’shimchaladi.

Saudiya Arabistoni qonunlariga ko’ra ayollar saylov va saylanish huquqiga ega emas edilar.

Saudiyalik ayollarga saylash va saylanish huquqi sobiq Qirol Abdulla farmoniga muvofiq 2011-yili birilgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar