Afg’oniston sharqida xavfsizlik boshqarmasiga hujum...

Portlashning kuchi bilan tuman xavfsizlik boshqarmasi binosining katta qismi vayron bo’lgan, o’nlab ishxonada katta moddiy zarar yuzaga kelgan.

359396
Afg’oniston sharqida xavfsizlik boshqarmasiga hujum...

Afg’oniston sharqidagi Nangarhar shahrida xavfsizlik boshqarmasiga bomba ortilgan mashina vositasida hujum qilindi.
Hujumda 12 kishi yaralandi, bulardan 7 nafari politsiya xodimi.
Nangarhar xokimiyati kotibi Ataullah Hogyanayning aytishicha, erta tongi soatlarda shaharning Surh Rod tumanida bomba ortilgan yuk mashinasida xavfsizlik boshqarmasi binosiga hujum qilingan.
Yaradorlardan ba’zilarining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.
Portlashning kuchi bilan tuman xavfsizlik boshqarmasi binosining katta qismi vayron bo’lgan, o’nlab ishxonada katta moddiy zarar yuzaga kelgan.
Hujumda kimning qo’li borligi tekshirilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar