Blinken Kiyevdagi tungi klubda qo‘shiq kuyladi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga safari chog‘ida mahalliy klublardan birining sahnasida kanadalik xonanda Nil Yangning qo‘shig‘ini ijro etdi.

2139651
Blinken Kiyevdagi tungi klubda qo‘shiq kuyladi

 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga safari chog‘ida mahalliy klublardan birining sahnasida kanadalik xonanda Nil Yangning qo‘shig‘ini ijro etdi. 

Blinken kecha, 14 may kuni kechqurun Kiyev musiqa klubiga kelgan va u yerda mahalliy guruhlardan biri bilan sahnada chiqish qilgan.

Videolavhalarga ko‘ra, AQSH Davlat kotibi musiqachilar bilan birga Nil Yangning 1989 yilda Berlin devori qulashi arafasida yaratilgan "Rockin' in the Free World" qo‘shig‘ini gitarada ijro etgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar