Quddus masalasi, Falastin-Isroil mojarosi juda ham jiddiy

Isroil askarlarining avvalom bor al-Aqsa masjidi, ortidan Eski Shaharga falastinliklarning kirishini man etishi oqibatida boshlagan taranglik, haligacha davom etmoqda.

388106
Quddus masalasi, Falastin-Isroil mojarosi juda ham jiddiy

Quddusta kecha Isroil askarlari bilan falastinliklar o’rtasida to’qnashuv yuz berib, natijada 69 nafar Falastin fuqarosi tan jarohati oldi.

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati voizi Arab al-Fukahaning aytishicha 1 nafariga haqiqiy o'q, qolganlariga esa plastik o'q tegishi tufayli jami 69 nafar Falastin fuqarosi tan jarohati olgan.

Fukaha, ko’pchilikning ham askarlar tomonidan otilgan ko'z yoshi sizdiruvchi gazdan ziyon ko’rganligini ifodaladi.

Shu bilan birga Isroil armiyasi radiosi eshittirishi, Quddusta bir gruh falastinlikning, Isroil avtobusiga tosh otishi oqibatida 4 nafar yahudiy ko'chmanchi tan jarohati olgan.

Isroil hukumat voizi Nablusda, bir nafar yahudiy ko’chmanchi va uning turmush o’rtog’ining o’limiga sabab bo’lganliklari tufayli 5 nafar Hamas a’zosining nazoratga olinganligini bildirdi.

Bunga qarshi bir guruh yahudiy ko’chmanchi, Bosh vazirlik binosi qoshida norozichilik namoyishi uyushtirdi.

Yahudiy ko’chmanchilarning halok bo’lishining ortida, “ortgan shiddat siyosati bor” degan fikrdagi namoyishchilar shior yozilgan plakatlar va shiorlar ostida Bosh vazir Netanyahu bilan hukumatga norozilik bildirdi.

Namoyishchilar, hukumatning tezlik bilan, bundan keyin qon to’kilmasligi va zo’rovonlik yuz bermasligi uchun chora ko’rishlarini talab qildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar