Isroil harbiylari 7 nafar Falastinlikni  yaraladi...

Isroilning Al- Aqsa masjidiga qarata bosqinlar, G’arb sohil va G’azoda Falastinliklarning ko’chalarga chiqib namoyish o’tkazishiga sabab bo’ldi.

390073
Isroil harbiylari 7 nafar Falastinlikni  yaraladi...

Al- Aqsa masjidi norozichiligida kecha 7 nafar Falastinlik tan jarohati oldi.
Isroilning Al- Aqsa masjidiga qarata bosqinlar, G’arb sohil va G’azoda Falastinliklarning ko’chalarga chiqib namoyish o’tkazishiga sabab bo’ldi.
Falastin qizil yorim jamiyati, Isroil xavfsizlik kuchlari bilan Falastinliklar o’rtasida sodir bo’lgan to’qnashuvlarda, 7 nafar Falastinlik haqiqiy o’q bilan urilishi natijasida tan jarohati oldi deb bildirdi.
Isroil harbiylari, Falastinlik namoyishchilarga ko’zdan yosh sizdiruvchi gaz va kanalizatsiya suvi bilan hujum qildi.
Isroilning xavfsizlikni saqlash kuchlari, ichlarida yoshlar ham bo’lgan bir guruh Falastinlikni nazoratga oldi.
Buning bilan birgalikda Isroilning janubiga G’azodan raketa otilar ekan, Isroil harbiy samolyotlari, G’azoning shimolidagi bir harbiy markazga havo hujumi uyushtirildi.
Hujumda halok va yaralanganlar yo’q.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar