Rossiya va AQSh Suriya masalasi bo'yicha fikr almashdi

Lavrov bilan Kerry Suriya masalasini hal qilish bo’yicha muholifat va hukumat vakillari bilan hamkorlikda muzokara o’tkazish ustida bosh qotirdi.

326961
Rossiya va AQSh Suriya masalasi bo'yicha fikr almashdi

Rossiyaning Suriya masalasi bo’yicha diplomatik say-harakatlari davom etmoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya muholif va inqilobchi kuchlar milliy koalitsiyasi rahbari Halid Hoja bilan uchrashdi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvda, Suriya muholifatining birlashishi va terrorizmga qarshi kurash kabi masalalar muhokama qilindi.
Lavrovning aytishicha, Rossiya g’arb va Yaqin sharq davlatlari bilan birga terrorizmga qarshi hamkorlikda kurash olib borishga tayyor.
Suriyadagi ichki urushdan Beshar Asad hukumati mas’ul ekanini tilga olgan Halid Hoja, mamlakatda o’tkinchi hukumat tuzishda Beshar Asadga o’rin berilishiga qarshi ekanini tilga oldi.
Rossiya Suriyada harbiy to’ntaruv yo’li bilan masalani hal qilishga qarshi chiqmoqda.
Rossiya, Iroq va Suriya hukumatlari, Kurd boshqaruvlari va mintaqaviy kuchlar hamkorlikda koalitsiya tuzib, terror tashkiloti DAIShga qarshi kurash olib borish tarafdori.
Sergey Lavrov ayni paytda AQSh kotibi John Kerryga qo’ng’iroq qildi.
Lavrov bilan Kerry Suriya masalasini hal qilish bo’yicha muholifat va hukumat vakillari bilan hamkorlikda muzokara o’tkazish ustida bosh qotirdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar