Janubiy Koreya mers virusiga qarshi kurashmoqda

Sog’liqni saqlash organlari ma’lum qilishicha, yana 23 kishiga mers virusi tashhisi qo’yilgan.

296606
Janubiy Koreya mers virusiga qarshi kurashmoqda

Janubiy Koreyada keng tarqalib borayotgan o’ta yuqumli mers virusiga chalingan 6 bemor hayotdan ko’z yumdi.
Mamlakat rasmiylari poytaxt Seulga 140 km masofada joylashgan Daejeon hududida 80 yoshdagi bemorning mers virusi sababli tonga yaqin vafot etganini ma’lum qildi.
Sog’liqni saqlash organlari ma’lum qilishicha, yana 23 kishiga mers virusi tashhisi qo’yilgan. Hozirda jami 87 kishi yuqumli kasallik tufayli davolanmoqda.
Ushbu virusga chalingan eng yosh bemor 16 yoshdagi maktab o’quvchisi.
Vafot etganlarning aksariyatini 70 yoshdan katta bo’lgan keksa bemorlarni tashkil qiladi.
O’ta xavfli yuqumli kasallik tufayli mamlakat miqyosida 1800 maktab va bog’chalarga dam berildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar