Iroqda, DEAShga qaratilgan harbiy amaliyot o’tkazildi

DAEShga qarashli 10 dona harbiy mashina, vayron qilindi.

294201
Iroqda, DEAShga qaratilgan harbiy amaliyot o’tkazildi

Iroqning al-Enbar shahrida terror tashkiloti DEAShga qaratilgan harbiy amaliyot o’tkazildi. Natijada 72 nafar terrorist halok bo’ldi.

Al-Anbarga qarashli Hadise nomidagi tuman hokimi Abdulhokim al-Jugeyfiyning aytishicha, DEAShga qarashli 10 dona harbiy mashina mintaqaga kirishga harakat qilar ekan koalitsiya kuchlarninig havo hujumiga uchradi.

Al-Jugeyfiy, hujum oqibatida 57 nafar DEASh a’zosining o’ldirilganligini va zirhli transport vositalarining vayron qilinganligini aytdi.

Xavfsizlik manbalari, Ramadining sharqidagi Jisru-s Sadikiyye mintaqasida yuz bergan to’qnashuvlarda 15 nafar DEASh a’zosining o’ldirilganligi bayon etdi.

Suriyada esa Shom tomonidagi muholiflar, Halepning shimolidagi Mari tumanida DEASh a’zolariga, katyusha raketalari bilan hujum qildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar