Nyu Yorkda Isroilga qarshi miting…

Aksariyati Isroillik yahudiylar qatnashgan namoyishda ortadoks yahudiylari Isroil hukumatini tanqid qildi.

299664
Nyu Yorkda Isroilga qarshi miting…


Yakshanba kuni Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu York shahrida an’anaviy Isroil madaniyat namoyishi o’tkazildi.
Aksariyati Isroillik yahudiylar qatnashgan namoyishda bir guruh ortadoks yahudiylari Isroil hukumatini tanqid qildi.
Yahudiylar Isroil hukumatiga qarshi hayqirib, Falastin bayroqlarini baland ko’tardilar.
Haham Dovid Feldman Isroil davlati yahudiylarni uyatli ahvolga solganini va umuman yahudiylarga yarashgan shaklda harakat qilmaganini bildirdi.
Feldman, “67 yildan beri hukm surgan bu davlat aslida dindan va tangridan uzoq, milliy va moddiy manfaatlar uchun tuzilgan bir davlatdir. Qolaversa, Falastinga ko’rsatgan qora kun sababli, bizning nomimizdan gapirishi mumkin emas”-dedi.
Namoyish paytida ishtirokchilar bilan ortadoks yahudiylari o’rtasida vaqti-vaqti bilan tortishuv kelib chiqdi.
Namoyish paytida Nyu York politsiyasi xavfsizlik chora-tadbirlarini kuchaytirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar