Yamanda portlashlar va to’qnashuvlar uzluksiz davom etmoqda

Oxirgi 24 soat ichida jami 140 kishi halok bo'ldi.

229943
Yamanda portlashlar va to’qnashuvlar uzluksiz davom etmoqda

Yamandagi to’qnashuvda oxirgi 24 soat ichida 140 dan ziyod kishi halok bo’ldi. UNİCEF tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko’ra “Qarorlilik to’foni” amaliyoti boshlagan 26–martdan e’tiboran halok bo’lganlarning 74 nafari bolalardan iborat.

Mamlakatdagi portlashlar va to’qnashuvlar uzluksiz davom etmoqda.

Saudiya Arabiston rahbarligidagi koalitsiya kuchlariga qarashli uchoqlar Beyda va İbb shaharlaridagi Husiylarga qarashli harbiy uchastkalarni bombaladı.

Strategik ahamiyatga ega bo’lgan Aden va İbb shaharlarida ham Husiylar bilan Hadiy tarafdorlari ortasida to’qnashuvlar chiqyapdi.

Hadiy tarafdorlari İbb shahrida Husiylarga qarashli harbiy nuqtalarni bosib oldi.

Shu bilan birga Pokiston majlisi, Saudiya Arabistonning harbiy yordam talabini muzokara qilmoqdalar.

Pokiston, amaliyotni qo’llab-quvvatlaganligini ma’lum qilsa-da harbiy yordam ko’rsatmagan edi.

Yamandagi insoniy vaziyat esa kun o’tgan sayin yomonlashib bormoqda.

Mamlakatga yordam yuborishni rejalashtirgan Xalqaro Qizil Xoch jamiyati to’qnashuvlar davom etganligi tufayli ekspeditsiya ishlarini keyingiga qoldirishga majbur bo’ldi.

Bir tomondan mamlakatdan evokuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Eng so’ng Hindiston, Xitoy, Pokiston va Bangladesh yuzlab fuqarolarini Yamandan evokuatsiya qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar