Islandiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishdan bosh tortdi

Islandiya Tashqi ishlar vaziri Sveinsson, “Yevropa Ittifoqining manfaatlari bizning manfaatlarimizga to’g’ri kelmaydi”-dedi.

287760
Islandiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishdan bosh tortdi

Shimoliy Atlantika va Shimoliy Muz okeani o’rtasida joylashgan Islandiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishdan bosh tortdi.
326 ming aholiga ega bo’lgan Islandiya uzoq muddatdan beri noaniq bo’lgan a’zolik masalasiga vanihoyat aniqlik kiritdi.
Islandiya Tashqi ishlar vaziri Sveinsson, “Yevropa Ittifoqining manfaatlari bizning manfaatlarimizga to’g’ri kelmaydi”-dedi.
Shuningdek, “Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lishdan voz kechganimiz to’g’ri, lekin bu boshqa davlatlarga o’rnak bo’lmasin”-dedi.
Tashqi ishlar vaziri Sveinssonning aytishicha, Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lishdan voz kechishning asl sabablaridan biri baliqchilik sohasi bilan bog’liq.
Islandiyada baliqchilik sohasi davlat iqtisodiyotining asosini tashkil qiladi.
Baliqchilik Islandiya jamiyati va madaniyatining bir bo’lagi ekanini tilga olgan Sveinsson, “Yevropa Ittifoqining baliqchilik siyosati Islandiyaning bu sohadagi manfaatlariga to’g’ri kelmaydi. Yevropa Ittifoqining baliqchilik siyosatidagi kamchiliklar barchaga ma’lum. Islandiyaning bu mavzuda Yevropa Ittifoqiga imtiyoz berishi mantiqli emas”-dedi.
Eslatma: Islandiya Yevropa Ittifoqiga a’zolik murojaatini bu oy bekor qilgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar