Yevropa İttifoqi Rossiyaga takror iqtisodiy sanksiya bermoqchi...

Yevropa İttifoqi kengashi rahbari Donald Tusk Rossiyaga berilgan iqtisodiy sanksiyalarning iyul oyida muddati to’lishi sababli takror yil ohirigacha uzaytirilishini bildirdi.

273224
Yevropa İttifoqi Rossiyaga takror iqtisodiy sanksiya bermoqchi...

Yevropa İttifoqi Brusselda Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiya tadbiq etish masalasini muhokama qildi.
Yevropa İttifoqi rasmiylari ushbu sanksiyalarning Minsk shartnomasiga taalluqli bo’lishi borasida kelishib oldi.
Yevropa İttifoqi kengashi rahbari Donald Tusk Rossiyaga berilgan iqtisodiy sanksiyalarning iyul oyida muddati to’lishi sababli takror yil ohirigacha uzaytirilishini bildirdi.
Tuskning aytishicha, agar zarur bo’lgan taqdirda, Yevropa İttifoqi Rossiyaga qarshi qo’shimcha sanksiya tadbiq etishi mumkin.
Yig’ilishda Yevropa rasmiylari energiya uyushmasi tuzilishini qarorlashtirdi.
Donald Tusk xohlagan Yevropalik shirkatlar hamkorlikda tabiiy gaz sotib olishi uchun faoliyat yuritishini, energiya talabi va naqliyotida ahamiyatga molik davlatlar bilan strategik hamkorlik ta’minlashga harakat qilishini bildirdi.
Rossiya bilan yo’lga qo’yilgan 20 yillik tabiiy gaz shartnomalari mustahkam emasligini tilga olgan Tusk, bunday shartnomalardan siyosiy qurol sifatida foydalanmaslik kerakligini bildirdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar