Kerkukda, DAİShga qarshi amaliyot uyushtirildi

“Peshmerga” kuchlari neftga boy bo’lgan Kerkuk shahrida o’tgan hafta ham amaliyot uyushtirar ekan ba’zilari strategik ahamiyatga ega bo’lgan bir necha yashash joyi qutqarilgan edi.

262102
Kerkukda, DAİShga qarshi amaliyot uyushtirildi

Iroqning Kerkuk shahrida, “Peshmerga” kuchlari tomonidan bugun erta tongda, terror tashkiloti DAİShga qarshi amaliyot boshlatildi.

Kerkukning 25 kilometr Janubida joylashgan Beshir qishlog’ini qutqarish uchun olib borilgan amaliyotga AQSh boshchiligidagi koalitsiya davlatlariga oid qiruvchi samalyotlar ham ko’mak bermoqda.

Amaliyotda, minglab turkmen ko’ngillilar ham ishtirok etdi.

Turkman qishlog’i olaroq tanilgan Beshirda, DAİSh, amaliyotni to’xtatish uchun yo’llarga mina qo’ymoqda.

Iroq Turkman mintaqasi rahbari Ershad Salihining aytishicha, terroristlar qo’cha boshlagan. Shuning uchun ham bir necha soatgacha qishloq qutqariladi.

Kerkuk tuman va shaharchalariga qarashli militsiya bo’limi direktori Serhat Kadirning aytishicha hech qanday qarshilikga duch kelmaganlar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar